19:29 / 12.11.2015
6269

Belarusda yillar davomida ayollar nomusiga tajovuz qilib kelgan peterburglik jinoyatchi qo‘lga olindi

Belarus jinoyat qidiruv bo‘limi qator nomusga tajovuz qilish jinoyati sodir etib kelgan Rossiya fuqarosini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Olib borilgan murakkab tezkor-qidiruv ishlari natijasida jinoyatchining iziga tushildi. 2015 yilning oktabr oyi so‘nggida uning shaxsi aniqlandi, 1 noyabr kuni esa Brest viloyatida qo‘lga olindi. Jinoyatchi 44 yoshli Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi”, — deyiladi Belarus Respublikasi IIV ma'lumotida.

Jinoyatchi asli Sankt-Peterburgda yashashi, Belarusga esa qarindoshlarinikiga mehmonga kelishi aniqlangan.

U 1999—2004 yillarda, shuningdek, 2014 yillar mobaynida ayollarga qilingan tajovuzda gumon qilinmoqda.

Top