Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyadagi qamoqxonadan 8 mahbus ozodlikdagi sheriklari qazigan tunnel orqali qochib ketdi
Braziliya janubidagi Ibaiti shaharchasi hududida joylashgan qamoqxonadan qochib ketgan 8 nafar mahbus qidirilmoqda.
Mahalliy OAVlarda ularning qamoqxonani tark etish jarayoni tasvirlangan videoyozuvlar tarqalgan.
Unda ko‘rinishicha, jinoyatchilar qamoqxona devorlari ostida qazilgan tunnel orqali ozodlikka chiqishadi.
Politsiyaning taxmin qilishicha, bu tunnel jinoyatchilarning ozodlikdagi sheriklari tomonidan qazilgan. Ma'lum qilinishicha, devorlar ostidan mahbuslar joylashgan xonagacha 8 metrlik yer osti yo‘li qazilgan.
Nazoratchilar turli shovqinlarni eshitgach, devor ostiga borishgan va bu tunnel orqali qochmoqchi bo‘lgan boshqa mahbuslarni to‘xtatib qolishgan. Qamoqxonaning bu tunnel kirib borgan qismida jami 50 mahbus saqlanar edi.
Ayni vaqtda qochoqlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.