Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI qochqinlar oqimini to‘xtatish maqsadida Afrika mamlakatlariga 1,8 mlrd yevro ajratadi
Yevropa Ittifoqi rahbarlari va ularning Afrikadagi hamkasblari migratsiya inqiroziga qarshi kurashish maqsadida maxsus jamg‘arma tuzish va Afrika mamlakatlariga 1,8 mlrd yevro ajratish qarorini tasdiqlashdi. Bu haqda Deutsche Welle ma'lum qilmoqda.
Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunkerning umid bildirishicha, kelajakda Yevropa Ittifoqi a'zolari jamg‘armani qo‘shimcha resurslar bilan ta'minlab, shu tariqa qiymat miqdorini ikki barobarga oshirishga muvaffaq bo‘lishadi.
Moddiy ta'minot yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish va chegaralarni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.