23:29 / 12.11.2015
6447

Farzandi nobud bo‘lgan Tojikiston fuqarosi Rossiya hududidan 15 kun ichida chiqarib yuboriladi

12 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahar sudi bolalar reabilitatsiyasi markazida vafot etgan besh oylik Umarali Nazarovning onasini Rossiyadan chiqarib yuborish yuzasidan kiritilgan da'voni rad etdi. Bu haqda “Fontanka” nashri xabar bermoqda.

Oktyabrsk tuman sudining sudyasi Umarali Nazarovning onasi Zarina Yunusovani Rossiya hududida noqonuniy yurgani bois, to‘rt guvohning keltirgan ko‘p dalillariga qaramay uni mamlakat hududidan chiqarib yuborish haqida hukm chiqardi.

Tojikiston fuqarosiga o‘z o‘g‘lining o‘limi jinoyat ishi bilan bog‘liqligi va u jabrdiyda bo‘lib qolayotgani ham yordam bermadi. Ayol sud qaroriga muvofiq Rossiya hududini 15 kun ichida tark etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgan Tojikiston fuqarosi Zarina Yunusova qo‘lga olingan edi. U bilan birga besh oylik o‘g‘li Umarali Nazarov va bolaning tog‘asi Daler Nazarov ham bo‘lgan. Zarina va Dalerni hisga olishadi, bolani esa bolalar ijtimoiy va tibbiy reabilitatsiya markaziga jo‘natishadi. Ammo 14 oktabr kuni bola vafot etadi.

Top