Jahon | 15:43 / 12.11.2015
4404
1 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi

Qochqinlar oqimining kuchayishi natijasida Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.

Finlyandiyada ayni kunlarda 70 ming musulmon istiqomat qilmoqda, va bu miqdor kelajakda o‘sib boraveradi. Pravoslavlar miqdori 61 ming kishini tashkil qilib, ular, o‘z navbatida, 3 cherkov vakillaridan iborat.

Shu bilan birga, Finlyandiyaga kelayotgan musulmonlar orasida ichadiganlari ham borligi aytilmoqda. “Ayrimlari pivo ichadi, lekin hech qaysi mast bo‘lganini ko‘rmadim”, - dedi qochqinlarni qabul qilish markazi direktori o‘rinbosari Youtseno Yari Kyaxkyonen.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish