O‘zbekiston | 23:58 / 12.11.2015
6124
1 daqiqa o‘qiladi

Fitch: neft narxlari O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi

Neft narxining o‘zgarishi O‘zbekiston davlat banklariga ta'sir qilmadi, deb aytilmoqda Fitch xalqaro reyting agentligi materiallarida.

Fitch tahlilchilari O‘zbekistonning 4 ta yirik banki: "Agrobank", "Mikrokreditbank", "O‘zsanoaqurilishbank" va "Asaka" banklari ishini tahlil qilib chiqdi.

“O‘zbekiston banklarining kredit berish qobiliyati barqaror bo‘lib qolmoqda, bu neft narxlari pasayishi va MDH bo‘yicha asosiy savdo hamkorlar susayishining O‘zbekistondagi operatsion muhitga cheklangan ta'sirini namoyish qiladi”, deyilmoqda hisobotda.

Depozitlarning yuqori dollarlashtirilishi tufayli valyuta kreditlashi yuqori darajada qolmoqda.

“Valyuta kursining keskin o‘zgarishlari vaziyatida aktivlar sifati uchun xatarlar soladi. O‘zbekiston MDHning bir qator davlatlaridan farqli oxirgi paytda milliy valyutasi devalvatsiyasini o‘tkazmadi”, deb ta'kidlamoqdalar xalqaro agentlik ekspertlari.

Kapitalga regulyativ talablarga amal qilinishi davlatning muntazam badallari hisobiga ta'minlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish