Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi jahon urushi faxriysi birinchi muhabbatini oradan deyarli 70 yil o‘tib internetda uchratdi
AQShning Virjiniya shtatida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Norvud Tomas o‘zining ilk sevgilisi bilan oradan 71 yil o‘tib uchrashdi. Sobiq hamshira 88 yoshli Joys Morris internet yordamida uni topgan va o‘g‘lidan u bilan internet aloqa o‘rnatib berishini so‘ragan. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, urushdan so‘ng Avstraliyaga kelgan Morris internetdan bemalol foydalana oladigan urush faxriysi haqidagi ko‘rsatuvni ko‘rib qoladi. Eski suratlari orqali muhabbatini taniydi va o‘g‘lidan uni internetdan topib berishini iltimos qiladi. Oradan bir necha kun o‘tib, 93 yoshli Tomas va 88 yoshli Morris Skype orqali suhbatlashishadi.
Norvud Morrisni 1996 yilda aviahalokat oqibatida halok bo‘lganiga ishonar edi. O‘shanda u gazeta orqali bortida Joys ismli britaniyalik hamshira bor samolyot halokatga uchragani haqida o‘qigan edi.
Endi Norvud va Morris internet orqali har kuni gaplashishadi. Faxriy hatto agar salomatligi ko‘tarsa, birinchi muhabbatinikiga, Avstraliyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.