Jahon | 13:42 / 12.11.2015
9035
1 daqiqa o‘qiladi

Independent: Suriyadagi urush haliveri tugamaydi

Shu haftaning oxirida Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkaziladi, ammo barcha tomonlarni qoniqtiradigan shartlar asosida murosaga kelish qiyin, deb hisoblaydi The Independent kolumnisti.

Aytilishicha, Venadagi uchrashuvda vakillari ishtirok etadigan mamlakatlar orasida Asad tarafdorlari (Rossiya va Eron), Asadning dushmanlari (Turkiya va Saudiya Arabistoni), shuningdek, bu borada bir to‘xtamga kela olmayotganlari (AQSh va Buyuk Britaniya) bor.

Ta'kidlanishicha, muzokaralarning muvaffaqiyat bilan borishi Rossiyaning pozitsiyasiga bog‘liq. Ammo bu borada bir to‘xtamga kelishga nafaqat ixtilof tomonlarining murosasizligi, balki ishtirokchi davlatlarning o‘zaro kelishmovchiliklari ham to‘sqinlik qiladi.
“Suriyadagi tartibsizliklar, urush hali tugamasligi mumkin. Bunga davlatlarning ambitsiyalari to‘sqinlik qiladi”, - xulosa qiladi jurnalist.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish