10:15 / 12.11.2015
2775

Iordaniya 1,5 million suriyalikka boshpana berdi

Iordaniya taxminan 1 mln 400 ming suriyalik qochqinni qabul qildi va amaliy jihatdan imkoniyatlarga chegarasiga yetib keldi. Bu haqda Iordaniya qiroli Abdulla II Euronews telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida ma'lum qildi.

“Biz amaliy jihatdan eng yuqori chegaraga (qichqinlar soni bo‘yicha) yetib keldik. Biz 1 million 400 ming suriyalik qochqinlarni qabul qildik, bu – mamlakat aholisining 20 foizi demakdir”, - dedi qirol.

Abdalla II so‘zlariga ko‘ra, jami 10 foiz suriyalik maxsus lagerlarda yashamoqda. Qolganlari esa Iordaniya hududi bo‘ylab joylashtirilgan. Ular mamlakat infratuzilmalari va sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Top