Jamiyat | 11:08 / 12.11.2015
3138
1 daqiqa o‘qiladi

Lozanna aksildoping laboratoriyasi rahbari Rossiyadan tahdidlar olganini oshkor qildi

Rossiyalik sportchilardan olingan namunalarning yo‘q qilinishi bilan bog‘liq janjalga aloqador bo‘lgan Lozanna aksildoping laboratoriyasi rahbari Marsyal Sogi 2009 yili Rossiya vakillari unga tahdid qilganini tan oldi.

Bu haqda Shveytsariyaning Xalqaro sport matbuoti uyushmasiga tayangan holda 24 Heures gazetasi xabar bermoqda. Ilgariroq rossiyalik yengil atletikachilar doping iste'mol qilishda ayblangan edi.

Bu faktni isbotlashi mumkin bo‘lgan Moskvadan yuborilgan 67 namuna esa Sogi tomonidan yo‘q qilingani aytilmoqda.
Sogi bu namunalar ularni saqlab turish reglamentda ko‘zda tutilmagani bois yo‘q qilinganini aytib kelayotgan edi. Ammo bugun u Rossiyadan tahdidlar bo‘lganini oshkor qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish