Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Milan" adidas bilan reklama shartnomasi evaziga yiliga 27 mln yevro oladi, "Yuventus" esa 23 mln yevro
La Gazzetta dello Sport gazetasi Italiya jamoalarining homiylik shartnomalri orqali ko‘radigan daromadlari haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu boradagi eng qimmatbaho shartnomani "Yuventus" jamoasi adidas kompaniyasi bilan tuzgan. Turinliklar jamoasi futbolchilarining liboslarida bu kompaniya epirovkalari aks etishi evaziga yiliga 23 mln yevro olishadi.
Shuningdek, "Milan" jamoasi ham ushbu kompaniyadan yaxshigina pul oladi. Jamoa adidas bilan 1978 yildan buyon hamkorlik qilib kelayotgani evaziga bonuslarni qo‘shib hisoblaganda hozirda yiliga 27 mln yevro foyda ko‘rmoqda.
Bu boradagi eng yaxshi uchinchi ko‘rsatkich "Inter"ga tegishli. "Nerazzurilar" Nike bilan tuzilgan shartnoma tufayli yiliga 18 million yevro daromad ko‘rishadi.
1. «Milan» (adidas) – 27 mln
2. «Yuventus» (adidas) – 23
3. «Inter» (Nike) – 18
4. «Napoli» (Kappa) – 8
5. «Roma» (Nike) – 5
6. «Latsio» (Macron) – 3,5
7. «Fiorentina» (Le cop Sportif) – 2,5
8. «Sampdoriya» (Joma) – 2,5
9. «Torino» (Kappa) – 1,5
10. «Palermo» (Joma) – 1,5
11. «Kevo» (Givova) – 1,25
12. «Jyenoa» (Lotto) – 1,2
13. «Bolonya» (Macron) – 1,2
14. «Udineze» (HS) – 1
15. «Empoli» (Joma) – 0,85
16. «Karpi» (Givova) – 0,5
17. «Frozinone» (Legea) – 0,5
18. «Sassuolo» (Kappa) – 0,5
Ma'lumot uchun, «Verona» va «Atalanta» jamoalari ham Nike bilan kelishuvga ega. Bu kompaniya ushbu jamoalarning barcha moliyaviy ishlari bilan shug‘ullanadi, lekin Nike tegishli ma'lumotlarni taqdim etmagan.