Jahon | 18:38 / 12.11.2015
4264
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Tramp amerikaliklarning maoshlari haddan ortiq baland deb hisoblaydi

AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri Donald Tramp eng kam ish haqi miqdorining oshirilishiga qarshiligini bildirdi. The New York Times nashrida yozilishicha, u amerikaliklar uchun shundoq ham yuqori maoshlar to‘lanmoqda, deb hisoblaydi.

U Fox kanaliga bergan intervyusida vermontlik senator va prezidentlik uchun nomzodlardan biri Berni Sanders tomonidan taklif qilingan, eng kam ish haqi miqdorini soatiga 7,25 dollardan 15 dollargacha ko‘tarish bo‘yicha g‘oyani dastaklamaydi.

"Biz barcha sohalarda, jumladan iqtisodiy va harbiy sohalarda zarba yegan mamlakatmiz. Va biz bu vaziyatdan g‘alaba bilan chiqish uchun hech narsa qila olmaymiz", degan u.

MSNBC kanali muxbiri unga "bunday kam maosh bilan yashab bo‘lmasligi" bo‘yicha savol bilan murojaat qilgan.

"Bizda soliqlar yuqori. Shuningdek, bizda maoshlar ham yuqori darajada. Biz boshqa davlatlar bilan raqobatlashishimiz zarurligini unutmasligimiz kerak", deb javob bergan u.

"Men ham siyosatchilarni hurmat qilmasdim, lekin endi o‘zim ham siyosatchiga aylandim", deya javobini yakunlagan Tramp.

Qayd etish kerakki, bundan oldinroq demokratlar vakili bo‘lgan nomzod Hillari Klinton ham eng kam ish haqi miqdorining soatiga 15 dollargacha oshirilishi bo‘yicha g‘oyani qo‘llab-quvvatlamagan hamda soatiga 12 dollardan to‘lashni eng optimal variant sifatida qayd etib o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish