Jahon | 00:57 / 12.11.2015
3815
1 daqiqa o‘qiladi

Ogayoda qulagan samolyotda to‘qqiz kishi halok bo‘lganligi tasdiqlandi

Hukumat Ogayo shtatida qulagan mayda samolyot bortidagi barcha — 9 nafar kishi halok bo‘lganligini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Avvalroq samolyot Akron shahridagi aeroportga qo‘nish paytida turar-joy binosiga borib urilgani haqida ma'lum qilingan edi.

Hawker H25 samolyoti bortidagi yetti nafar yo‘lovchi va ikki nafar uchuvchining barchasi halok bo‘lgan. Ta'kidlashlaricha, samolyot borib urilgan uyda hech kim bo‘lmagan va u yerdan hech kim jabrlanmagan.