Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:03 / 12.11.2015
3944
1 daqiqa o‘qiladi
Polsha hukumati iste'foga chiqdi
Yeva Kopach rahbarligidagi Polsha hukumati iste'foga chiqdi. Bu haqda TVN24 telekanali xabar bermoqda.
Bu voqea 25 oktabr kuni mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovlarida “Fuqarolik platformasi” partiyasining mag‘lubiyatidan so‘ng amalga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, Polshada joriy yilda o‘tkazilgan parlament saylovida Yaroslav Kachinskiyning “Qonun va adolat” partiyasi Polsha parlamentida ko‘p o‘rin egallashga muyassar bo‘ldi.