11:21 / 12.11.2015
6254

Putinning rasmiy vakili Reuters’ning prezident qizlari haqidagi gaplarini inkor qila olishini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Reuters agentligining so‘zlarini inkor qila olishini aytdi.
10 noyabr kuni agentlik chop etgan surishtiruvda “Innopraktika” loyihasi rahbari, sportchi Katerina Tixonova Vladimir Putinning qizi ekanligi ko‘rsatilgan edi.

Bu ta'kid Gazprombank rahbari o‘rinbosari Andrey Akimovning so‘zlariga tayanilgan holda keltirilgan edi. Endilikda Gazprom matbuot xizmati bu ma'lumotni inkor qilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga qaraganda, Putinning ikki qizi bor – 30 yoshli Mariya va 29 yoshli Katerina.

O‘tgan yili TASSga bergan intervyusida Putin qizlari Moskvada turishini va ular 2 haftada bir marta uchrashishini ma'lum qilgan edi. Uning qizlari haqida boshqa ma'lumotlar keltirilmaydi.

Top