12:08 / 12.11.2015
3831

Rolls-Royce noodatiy “qaytarib olish kampaniyasi”ni e'lon qildi

Oliy toifaga mansub Rolls-Royce avtomobillarini ishlab chiqaradigan kompaniya o‘ziga xos “qaytarib olish kampaniyasi” haqida e'lon qildi. The Financial Times nashrining xabar qilishicha, kompaniya faqatgina bitta mashina – Ghost rusumidagi sedanni qaytarib oldi.

Kompaniya vakillarining oydinlik kiritishicha, mashinalarni mijozlarga yetkazishdan oldin o‘tkazilgan tekshirish jarayonida xavfsizlik yostiqlaridan birining noto‘g‘ri markalangani aniqlangan. Bunda mashina markalanish tufayli xavfsiz bo‘lib qolmagan, balki “Rolls-Royce har bir detalgacha diqqat qaratishini namoyish qilishning yaxshi usuli”.

Nashrning qayd etishicha, qaytarib olingan model Sharqiy Susseks (Angliya)dagi Gudvud zavodida 2014 yilning yanvarida ishlab chiqarilgan va hozirga qadar Shimoliy Amerikadagi xaridorga yetib bormagan.

Top