Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya aviakompaniyalari Misrga parvozlar to‘xtatilgani tufayli yil oxiriga qadar 9 mlrd rubldan ko‘proq ziyon ko‘radilar
Rossiya aviakompaniyalari Misrga parvozlar to‘xtatilgani tufayli ko‘radigan ziyonlari joriy yilning o‘zida 9,1 mlrd rublni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Havo transporti ekspluatantlari uyushmasi prezidenti Vladimir Tasunga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
“Uyushmaga kiruvchi aviakompaniyalarning o‘zigina ko‘radigan ziyon 9,1 mlrd rublni tashkil qiladi. Misol uchun, Misrga parvozlar to‘xtatilishi tufayli “Uralskiye avialinii” kompaniyasining moliyaviy yo‘qotishlari 700 mln rublni tashkil qiladi. Shuningdek, “Orenburgskiye avialinii” 800 mln, “Severnyy veter” (Nord Wind) — 4 mlrd rubl, “Ikar” — 812 mln rubl, “Yamal” — 324 mln rubl, Red Wings — 480 mln rubl, «Taymir» — 232 mln rubl ziyon ko‘radi. Charter reyslar amalga oshiruvchi aviakompaniyalar eng ko‘p zarar ko‘radi. “Aeroflot”ning ziyoni taxminan 60 mln rublni tashkil qiladi”, deb aytdi Tasun.
Rossiyaning 20 ga yaqin yetakchi aviakompaniyasi Havo transporti ekspluatantlari uyushmasi a'zolari hisoblanadi. Bu aviakompaniyalar Rossiyadagi barcha aviatashuvlarning 80 foizdan ko‘prog‘ini ta'minlaydilar.
Avvalroq Rossiya turoperatorlari uyushmasi Rossiya sayyohlik biznesi Misr bilan bog‘liq vaziyat tufayli 200 mln dollargacha zarar ko‘rishini ma'lum qilgandi.