Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada IShID safiga yollangan tojikistonlik Afg‘onistonda qo‘lga olindi
Afg‘oniston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari IShID safiga qo‘shilish uchun mamlakatga kelgan Tojikiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy xavfsizlik xizmati bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, "Interfaks" nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olingan shaxs Nusratullo G‘aniyev Dushanbe shahrida yashagan. U 12 oktabr kuni Taxar viloyatida o‘tkazilgan amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan.
Milliy xavfsizlik xizmati ma'lumotiga ko‘ra, G‘aniyev IShIDning Tojikiston bilan chegaradagi Dashti-Archi va Xo‘ja-G‘or uyezdlarida joylashgan bo‘limlari bilan aloqador bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishicha, u Rossiyaga ishlash uchun borgan vaqtida internet orqali IShIDning Afg‘onistondagi yollovchisi bilan tanishgan. Yollovchi G‘aniyevning hisobiga 20 ming yevro o‘tkazib bergan. Shundan so‘ng, G‘aniyev Eron orqali Ozarbayjonga, bu yerdan Afg‘onistonga kirib kelgan.