21:45 / 12.11.2015
6808

Sirg‘alida ayol o‘gay otasini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent shahrining Sirg‘ali tumanida ayol o‘gay otasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Farzona ismli ayol eridan ajrashib ketgach, G‘ayrat ismli erkak bilan shar'iy nikohdan o‘tib yashay boshlagan. Bu paytga kelib o‘g‘li oilali bo‘lib, boshqa xonadonga chiqib ketgan, katta qizi erga tegib ketgan bo‘lib, ayol bilan erdan ajrashgan kichik qizi Mohira yashar edi.

Mohira rieltorlik firmasida ishlay boshlagach, Farzona uning o‘g‘li Jasurbekka qarab tura boshlagan. Ammo u G‘ayratga qo‘shilib, spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekishga o‘rganib qolgan edi.

Bir kuni Mohira uyidan ertaroq qaytganida eshik uzoq payt ochilmagan. Farzona nihoyat eshikni ochgach, uy tamaki tutuni bilan qoplangani, hammayoq aroq hidi bo‘lib ketganini ko‘rgan. Bu ishlar Jasurbekning ko‘zi oldida bo‘layotganidan asabi qo‘zigan Mohira janjal ko‘tarib, oshxonaga kirib ketgan. U yerdan pichoq olib chiqib, G‘ayratni pichoqlagan.
G‘ayratning hayoti saqlab qolindi. Mohira esa uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top