15:39 / 12.11.2015
3585

Skeytbordchi buldog Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Otto laqabli skeytbordchi buldog Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Sky News portalining xabar berishicha, perulik 4 yashar it skeyt ustida 30 kishining oyog‘idan iborat “tonnel” bo‘ylab uchgan.
Yangi rekord Ginness kitobi kuni munosabati bilan Limada o‘tkazilgan tadbirda o‘rnatildi. Ta'kidlanishicha, Otto skeytni mahorat bilan boshqarib, birorta oyoqqa urilib ketmagan.

Top