Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:28 / 12.11.2015
4296
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentlik ayol Turkiyadan 3.5 kg tilla olib kirishga harakat qilganida qo‘lga olindi
Toshkentlik ayol Turkiyadan qariyb 3.5 kg tilla olib kirishga harakat qilganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, L. Boliyeva Istanbul shahrida umumiy vazni 3.3 kg bo‘lgan, 65 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini sotib olgan.
Toshkent aeroportida u buyumlarni rasmiylashtirmay olib kirishga harakat qilgani bois qo‘lga olindi.
Tekshiruv chog‘ida uning yonidan 272ta uzuk, 202 juft zirak, 2ta bilakuzuk, 94ta kulon, 20ta zanjir, 15 dona ayollar bilakuzugi va 3ta qo‘l soati topildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish