Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada AQShning Federal qidiruvlar byurosi muqobili yaratildi
Ukraina Oliy radasi Davlat qidiruvlar byurosi tashkil etish haqida qonunni qabul qildi. Yangi organ AQShning Federal qidiruvlar byurosiga o‘xshash vazifalarni bajaradi. Qonun Oliy rada rasmiy saytida chop etildi.
“Davlat qidiruvlar byurosi ijroiya hukumatining markaziy organi hisoblanadi, u o‘z vakolatiga kiruvchi jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, fosh qilish maqsadida huquq-tartibot faoliyatini amalga oshiradi”, deyilmoqda hujjatda.
Qonunga ko‘ra byuro uyushgan guruhlar va jinoyatchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarni aniqlashi, fosh qilishi va to‘xtatishi, huquq-tartibot muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qiynoqlar va boshqa jinoyatlarni tergov qilishi, harbiylar va milliy aksilkorruptsion byuro xodimlari tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlarni tergov qilishi lozim bo‘ladi.
Qonun uchun ikkinchi o‘qishda 241 nafar deputat ovoz berdi. Deputatlar byuroning direktori Ukraina prezidenti tomonidan bosh vazir taklifi bilan tayinlanishiga kelishib oldilar. Bosh vazir o‘z navbatida nomzodni tanlashda tanlov komissiyasi qaroriga asoslanadi.