Jahon | 00:11 / 12.11.2015
2522
1 daqiqa o‘qiladi

UniCredit yangi taraqqiyot rejasiga muvofiq 18 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatadi

Italiyaning yirik banklaridan biri UniCredit yangi strategik reja doirasida 18,2 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal.

Bank anchadan beri bosim ostida edi. Shu bois o‘zini iqtisodiy o‘nglab olish uchun keskin choralar qo‘llashga ehtiyoj sezardi. 11 noyabr kuni UniCredit rahbariyati taqdim etigan uch oylik hisobotda bank 2018 yilda 5,3 mlrd yevro (5,68 mlrd AQSh dollari) hisobida sof foyda ko‘rishni va kapitalning yetarlilik darajasini 12,6 foizga oshirishni mo‘ljallamoqda.
Bankning rasmiy saytida ma'lum qilishlaricha, UniCredit Ukrainada savdo biznesi bilan shug‘ullanishni ham rejalashtirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish