Jahon | 06:56 / 12.11.2015
5695
1 daqiqa o‘qiladi

Vnukovo aeroportida Tojikiston fuqarosi estakadadan o‘zini pastga uloqtirib halok bo‘ldi

Moskvadagi Vnukovo aeroportida Tojikiston fuqarosi politsiyachi uning hujjatlarini tekshirgandan keyin estakadadan o‘zini pastga uloqtirib halok bo‘ldi. Bu haqda aeroport matbuot xizmati boshlig‘i Yelena Krylova ma'lum qildi.   

Ta'kidlanishicha, aeroport ichki ishlar bo‘limi xodimi o‘zini g‘alati tutayotgan erkakka e'tibor qaratib, uning hujjatlarini tekshirishga qaror qilgan. Politsiyachi erkakning hujjatlarini tekshirib, hech qanday shubhali narsa topmagandan keyin pasportni egasiga qaytarib bergan. Tojikistonlik erkak politsiyachiga qayerdan chipta sotib olishni bilmayotganini aytgan. Politsiya unga yordam berishini aytib, uni chipta sotiladigan joyga olib bormoqchi bo‘lgan. Ular chiptaxonaga ketayotganlarida tojik politsiyachidan biroz ortda qolib, estakadaga yugurib chiqib, o‘zini pastga uloqtirgan.

Ma'lum qilinishicha, erkak aeroportning A terminalida 2-3-qavatdagi balandlikdan yiqilgan.

Ayni paytda voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish