Jahon | 09:31 / 12.11.2015
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda bo‘ydoqlar kuni Alibaba`ga 14 milliard dollar foyda keltirdi

Xitoyda 11 noyabrda bo‘lib o‘tgan bo‘ydoqlar kunidagi Alibaba kompaniyasi 24 soatlik global onlayn-chegirmalar jarayonida 91,22 milliard yuan (14 mlrd dollar) savdoni amalga oshirdi, deya xabar berdi China Daily gazetasi.

Avvalroq kompaniya 2014 yilgi 14 soatlik chegirmalar vaqtida 57,1 milliard yuan (9,3 milliard dollar) miqdorida rekord savdolar bo‘lib o‘tganini ma'lum qilgan edi.
Bo‘ydoqlar kuni (Guanguntsze yoki Singles Day) Xitoyda har yili 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Bu mazkur sanada to‘rtta bir raqami borligi bilan bog‘liq. So‘nggi yillarda Xitoy savdo markazlari va onlayn-riteylerlar ushbu bayram munosabati bilan chegirmalar tashkil etmoqda.

Global chegirmalarda 6 milliondan ortiq mahsulotlarni sotadigan 30 mingdan ziyod brendlar ishtirok etadi. Alibaba tashabbusi bilan tashkil etilgan ilk keng miqyosli chegirmalar 2009 yilda bo‘lib o‘tgan.