Jahon | 18:55 / 12.11.2015
2647
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning birinchi ARJ21 seriali avialaynerlari 2015 yil so‘ngiga qadar foydalanishga topshiriladi

Tijoriy samolyotlar ishlab chiqaruvchi Xitoy korporatsiyasi tomonidan ARJ21 seriali yo‘lovchi avialaynerlari CHENGDU Airlines ga yil oxiriga qadar topshiriladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Ushbu samolyotlardan “Chendu—Pekin” va “Chendu—Shanxay” yo‘nalishlarida foydalanish kutilmoqda.

ARJ21 — xalqaro talablarga to‘la javob beruvchi, Xitoyda ilk bor ishlangan, loyihalangan va tayyorlangan qisqa masofaga parvoz qiluvchi birinchi samolyotdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish