Jamiyat | 09:30 / 13.11.2015
18352
2 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 62 nafar maktab o‘quvchisi homilador bo‘lgani aniqlandi

2015 yilning shu davriga qadar Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 62 nafar maktab yoshidagi qizning homilador bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda "Aktobe Tayms" nashri mintaqaning bosh akusher-ginekologi Maksat Sergazin ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda mazkur sohadagi raqamlar bundan ham balandroq bo‘lgan: 99 nafar voyaga yetmaganlar homilardorligi qayd etilgan.

“Huquqni muhofaza qilish organlari har bir holatda nomusga tegish ro‘y bergani bo‘yicha surishtiruv o‘tkazmoqda. Bolalar ginekologimiz Saltanat Tubulbayeva shahar maktablarida jinsiy tarbiya bo‘yicha seminarlar o‘tkazmoqda. Biz bolalar o‘rtasida anketa so‘rovnomalarini o‘tkazib, aksariyat bolalar bu bo‘yicha tanishlari, OAV va Internetdan ma'lumot olishini aniqladik”, - deydi Sergazin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina 3 foiz bolalarga jinsiy tarbiya haqida ota-onalari ma'lumot berishadi. Qishloq joylarga esa bolalar ginekologlarining borishi imkonsiz. U yerlarda tuman xalq ta'limi bo‘limlari xodimlari ish olib borishadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish