Jahon | 12:01 / 13.11.2015
4380
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik diplomat: sanksiyalar davlatlarning tashqi siyosatdagi maqsadlariga xizmat qilmoqda

Sanktsiyalar davlatlarga tashqi siyosatda qo‘yilayotgan maqsadlarni amalga oshirishda yordam bermoqda. Bu usul kuch ishlatishning o‘rnini bosadigan samarador va qonuniy metoddir. Bu haqda AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi katta maslahatchisi Jil Derderian bayonot berdi.

Bosh Assambleyaning 2-qo‘mitasida qabul qilingan rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan bir tomonlama iqtisodiy choralar ko‘rishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga AQSh qarshi ovoz berdi. Bu qarorni tushuntirar ekan, Derderian xonim sanksiyalar kuch ishlatishning o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidladi.

“Yo‘naltirilgan maqsadli sanksiyalar kuch ishlatishning samarador va qonuniy muqobili bo‘lishi mumkin”, - deb ta'kidladi diplomat.
Uning so‘zlariga qaraganda, iqtisodiy cheklovlar bir tomonlama bo‘lganida tashqi siyosatdagi maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish