Jahon | 09:56 / 13.11.2015
6179
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida havo zarbalarini amalga oshirdi

AQSh Harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriya shimolida IShID tashkiloti jallodlaridan biri, kelib chiqishi kuvaytlik, Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan jangari "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida harbiy amaliyot o‘tkazib, bir qancha nuqtalarga havo zarbalari yo‘lladi.

Laqabi "Jihodchi Jon", asl ismi Mohammad Emvazi bo‘lgan bu jangari bir necha marta tashkilot tomonidan internetga joylashtirilgan videoyozuvlarda asirlarning boshini olayotgan holatda tasvirlangandi.

AQSh samolyotlari uni o‘ldirish maqsadida Suriyaning Rakka shahriga hujum qilgan. Ayni vaqtda Pentagondagilar uning o‘ldirilgani haqidagi ma'lumot tasdiqlanishini kutishmoqda.

Taxmin qilinishicha, Emvazi 2013 yilda Buyuk Britaniyadan Suriyaga kelgan va IShID a'zosiga aylangan.

O‘tgan yilning avgustida u amerikalik jurnalist Jyeyms Folini o‘ldirayotgani tasvirlangan video tarqatilgandi va shundan keyin u "mashhurlashdi".

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish