Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biologlar: Global isish tufayli akulalar ov qilish qobiliyatini yo‘qotishadi
Olimlarning aytishicha, dunyoda haroratning ko‘tarilishi va okeanlarda suvlarning isishi tufayli akulalarning ov qilishi qiyinlashmoqda.
Ma'lum qilinishicha, iqlim isishi tufayli suvlar karbonat angidrid gazi bilan to‘yinmoqda va natijada jonivorlar suzish uchun ko‘proq kuch sarflashmoqda. Bu esa ularning organizmida moddalar almashinuvi jarayonini yomonlashtirmoqda. Bu haqdagi tadqiqot matni Scientific Reports jurnalida e'lon qilingan.
Biologlar o‘tkazgan tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, suvlarning isishi tufayli akulalarning yashab qolishi so‘roq ostida qoladi.
"Suvlar isishi tufayli akulalar ochlikni yanada ko‘proq his qilishadi, SO2 miqdori ortishi tufayli esa ular yemish topishda yanada qiyinlashadi", deydi tadqiqot muallifi.
"Agar akulalar ov qila olishmasa yo‘qolib ketishlari mumkin va okeandagi oziq-ovqat zanjirida uzilish ro‘y beradi. Natijada, ekotizim buziladi", deyiladi maqolada.