09:15 / 13.11.2015
3126

BMT rivojlanayotgan davlatlarga bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashga qarshi rezolyutsiya qabul qildi

BMT Bosh assambleyasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan 70- sessiyasi doirasida siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida bir tomonlama iqtisodiy choralardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

RIA “Novosti” xabariga ko‘ra, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni nazorat qilishga qaratilgan mazkur rezolyutsiya 12 noyabr kuni BMT Bosh assambleyasi ikkinchi qo‘mitasi tomonidan qabul qilindi. Hujjatni ko‘rib chiqish uchun uchun 117 mamlakat ovoz berdi, ulardan 51 davlat betaraf qolgan bo‘lsa, faqatgina AQSh va Isroil qarshi chiqdi.

Rezolyutsiya loyihasi Janubiy Afrika vakillari tomonidan ishlab chiqildi. Unda bir tomonlama iqtisodiy choralardan foydalanish rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti va taraqqiyot sohasiga eng ko‘p salbiy ta'sir ko‘rsatishi qayd etib o‘tilgan.

Top