Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya terma jamoasi terakt xavfi tufayli Parijdagi mehmonxonadan evakuatsiya qilindi
Parijdagi mehmonxonaga joylashgan Germaniya terma jamoasi futbolchilari 13 noyabr kuni mehmonxonada bomba bo‘lishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘lgach, evakuatsiya qilindi. Bu ma'lumot terma jamoa menejyeri Oliver Birxoff tomonidan tasdiqlangan.
"Portlash xavfi paydo bo‘ldi. Mehmonxona yopildi va undagi odamlar xavfsiz joylarga ko‘chirildi", deya ma'lumot bergan Birxoff Kölner Express nashriga.
Manbaning yozishicha, germaniyalik futbolchilar Parijning 16-okrugidagi "Molitor" mehmonxonasida joylashishgandi. Bomba haqida xabar paydo bo‘lgach, politsiya yetib kelib, hududda tekshiruv ishlari olib borgan.
Keyinchalik bu ma'lumot yolg‘onligi aniqlangan.
Futbolchilar boshqa joyga olib borilishgan. Ular bugun Fransiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari kerak.
"Mehmonxonada bomba borligi haqida ma'lumot paydo bo‘lgach, bizni evakuatsiya qilishdi. Hozir barchamiz xavfsiz joydamiz. Ozroq tennis ham o‘ynadik", deya yozadi terma jamoa a'zolaridan biri Sami Xedira.
