Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grenlandiyadagi yirik muzliklardan biri tezlik bilan erimoqda
Mutaxassislar Grenlandiyadagi asosiy muzliklardan biri erishni boshlagani, bu muzlikning butunlay erishi tufayli dunyo okeani sathi 50 sm ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirishdi.
Tadqiqotchilarning aytishicha, iqlim isishi tufayli Grenlandiyaning bir qismi bo‘lgan Zachariae Isstrom muzligi shiddat bilan erimoqda.
Undan yangi aysberglar ajralib chiqayotgani va muzlikning erishi tufayli har yili Atlantika okeaniga 5 milliard tonna suv qo‘shilayotgani aytilgan.
Grenlandiyaning boshqa qismlarida ham muzliklarning yo‘qotilishi kuzatilmoqda.
Reyter nashrining yozishicha, agar Grenlandiya butunlay erib tugasa, dunyo okeani sathi 6 metr balandlashadi.
Shu oyning oxirida Parijda boshlanadigan BMTning iqlimiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan 21-konferensiyasi (30 noyabr-11 dekabr) davomida ushbu masalaga ham e'tibor qaratilishi ko‘zda tutilgan.