19:52 / 13.11.2015
5593

KUN.UZ dayjesti: 13 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 13 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Oq uy: Obamaning G20dagi rejasida Putin bilan uchrashuv yo‘q, biroq ular suhbatlashishlari mumkin>>

AQSh prezidenti Barak Obamaning jadvalida Antaliyada bo‘lib o‘tadigan “katta yigirmatalik” (G20) sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv belgilanmagan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Qozog‘iston hukumati Misrga parvozlarni taqiqladi>>

Qozog‘iston hukumati Misrgasayyohlik parvozlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qozog‘iston Sarmoyalar va taraqqiyot vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi sayyohlik operatorlarini yangi qaror to‘g‘risida ogohlantirdi.

Bayrutdagi terakt: qurbonlar soni 43 nafarga yetdi>>

12 noyabr kuni kechasi Livan poytaxti Bayrut shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 43 nafarni tashkil qilmoqda. Livan politsiyasi bergan ma'lumotda aytilishicha, terakt natijasida jarohatlangan 200 nafardan ortiq kishi shahardagi shifoxonalarga olib borilgan.

Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi>>

AQSh prezidenti Barak Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Oq uydagi rasmiy vakili Ned Prays ma'lum qildi.

Deniel Kreyg nega Putinning rolini ijro etmasligini aytdi>>

Taniqli aktyor Deniel Kreyg nega ekranda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning obrazini gavdalantirmasligini aytdi.

AQSh Suriyada "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida havo zarbalarini amalga oshirdi>>

AQSh Harbiy havo kuchlari samolyotlari Suriya shimolida IShID tashkiloti jallodlaridan biri, kelib chiqishi kuvaytlik, Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan jangari "Jihodchi Jon"ni yo‘q qilish maqsadida harbiy amaliyot o‘tkazib, bir qancha nuqtalarga havo zarbalari yo‘lladi.

Amerikalik diplomat: sanksiyalar davlatlarning tashqi siyosatdagi maqsadlariga xizmat qilmoqda>>

Sanktsiyalar davlatlarga tashqi siyosatda qo‘yilayotgan maqsadlarni amalga oshirishda yordam bermoqda. 

OAV: Misrda qulagan A321 samolyoti bortida taymer o‘rnatilgan bo‘lgan>>

Rossiyaning A321 samolyotining Misrda falokatga uchrashini tergov qilayotgan tergovchilar samolyot bortida “ikki soatga o‘rnatilgan taymer” bo‘lgani haqida ma'lum qildilar, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Iroq kurdlari yetakchisi Sinjar shahri jangarilar qo‘lidan ozod bo‘lganini e'lon qildi>>

Iroq kurdlari yetakchisi Masud Barzani Sinjar shahri IShID jangarilari qo‘lidan ozod etilganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Polsha prezidenti yangi bosh vazirni tayinladi>>

Polsha prezidenti Anjyey Duda Beata Shidloni mamlakat bosh vaziri etib tayinlab, unga yangi hukumatni shakllantirish vazifasini topshirdi, deya xabar bermoqda TVN24 telekanali.

Jon Kerri: Asadning Suriyadagi kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda>>

Suriya prezidenti Bashar Asadning kelajagi va o‘rni hozircha noaniqligicha qolmoqda, deb aytdi AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Vashingtondagi Tinchlik institutidagi nutqi davomida.

Britaniya Turkiyaga qochqinlar oqimini to‘xtatishi uchun 400 mln yevro bermoqchi>>

Buyuk Britaniya hukumati Yevropaga Suriyadan kirib kelayotgan qochqinlar oqimini to‘xtatib qolishi uchun Turkiyaga 400 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratmoqchi. Bu haqda The Guardian nashrida yozilgan.

Grenlandiyadagi yirik muzliklardan biri tezlik bilan erimoqda>>

Mutaxassislar Grenlandiyadagi asosiy muzliklardan biri erishni boshlagani, bu muzlikning butunlay erishi tufayli dunyo okeani sathi 50 sm ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirishdi.

Suriyadagi urush davomida 300ta arxeologik obekt zarar ko‘rdi>>

2011 yildan buyon Suriya hududidagi 300ga yaqin arxeologik qazilma ishlari obektlari zarar ko‘rdi. Bu ma'lumotlarni mamlakat qadimiyatlari va muzeylari hukumat departamenti direktori Ma'mun Abdulkarim Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida keltirib o‘tdi.

2015 yilda Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin amaldor poraxo‘rlikda ayblandi>>

2015 yilning 9 oyi davomida Qozog‘istonda 800 nafarga yaqin davlat amaldori poraxo‘rlikda ayblangan. Bu haqda jurnalistlarga Qozog‘iston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurash va davlat xizmatlari agentligi vakili Alik Shpekbayev ma'lum qilgan.

Jahon bozorida neft narxi 44 dollarga tushdi>>

Jahon bozorlarini neft va metall narxlarining tushishi bilan bog‘liq yangi xavf qamrab olmoqda. Investorlar bu holat Xitoy iqtisodiyotining kelgusida yanada sekinlashiga olib kelishidan xavotir olishmoqda.

MTS kompaniyasi narxi 10 kun ichida 1 mlrd dollarga tushib ketdi>>

MTS kompaniyasining AQShdagi depozitar qog‘ozlari narxi 2014 yil dekabridagi maksimal tushish ko‘rsatkichlarini yangilab, kompaniyada kotirovkalari 13.3 foizga tushib, bitta qog‘oz narxi 6.39 dollarni tashkil qildi.

BMT rivojlanayotgan davlatlarga bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalar qo‘llashga qarshi rezolyutsiya qabul qildi>>

BMT Bosh assambleyasining sentabr oyida bo‘lib o‘tgan 70- sessiyasi doirasida siyosiy bosim o‘tkazish vositasi sifatida bir tomonlama iqtisodiy choralardan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

.uz domenidagi 430 ta sayt eng ko‘p tashrifga ega saytlar reytingidan joy oldi>>

2015 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra tuzilgan eng ko‘p tashrifga ega 1 mln.ta saytlar reytingiga (Top-1M) kirgan .uz domenidagi saytlar soni 430 tani tashkil qildi.

Samsung 2016 yilgi flagman protsessorini taqdim qildi>>

Samsung’ning smartfonlar uchun eng yangi flagman protsessori Exynos 8 Octa 8890 rasman namoyish qilindi. Protsessor 10 foizga oshgan tejamkorlikda 30 foizlik ishlab chiqarish unumdorligini berishga va'da beradi.

Germaniya terma jamoasi terakt xavfi tufayli Parijdagi mehmonxonadan evakuatsiya qilindi>>

Parijdagi mehmonxonaga joylashgan Germaniya terma jamoasi futbolchilari 13 noyabr kuni mehmonxonada bomba bo‘lishi mumkinligi haqida xabar paydo bo‘lgach, evakuatsiya qilindi.

Krishtianu Ronaldu: Menimcha, «Oltin to‘p»ni Messi oladi>>

"Real" jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2015 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi uchun beriladigan "Oltin to‘p" mukofotiga kim sazovor bo‘lishi haqidagi taxminini bildirib o‘tdi.

Top