Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lufthansa 14 noyabrdan aviaaloqani normallashtirishga va'da berdi
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 14 noyabrdan barcha yo‘nalishlarda parvozlarni qayta tiklashga va'da berdi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
“Bortkuzatuvchilar mustaqil tashkiloti” kasaba uyushmasi (UFO) kompaniyaning barcha bortkuzatuvchilarini 11 noyabrdan 13 noyabrgacha ish tashlash o‘tkazishlariga chaqirgan. Kutilishicha, 13 noyabrda kasaba uyushmasi a'zolari avvalgi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin kompaniyaga pensiya ta'minoti bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqadi.
Lufthansa’ning hisob-kitobiga ko‘ra kompaniyaga kuniga 10 mln yevro zararga aylanayotgan bortkuzatuvchilar ish tashlashi kompaniya ijrochi direktori Karsten Shporni Berlindan Myunxenga parvozlarni amalga oshirishda o‘zining asosiy raqobatchisi Air Berlin xizmatlaridan foydalanishga majbur qildi.
Dyusseldorf sudi bundan oldin Lufthansa bortkuzatuvchilariga ish tashlashni davom ettirishga ruxsat bergan edi.
Aviakompaniya bortkuzatuvchilar ish tashlashi tufayli 11 noyabrga belgilangan 930 ga yaqin parvozni bekor qilgan edi. 100 mingga yaqin yo‘lovchi sotib olingan chiptalar bo‘yicha belgilangan manzillarga uchib keta olmayapti.