18:50 / 13.11.2015
2348

Lufthansa xodimlar ish tashlashlarining so‘nggi kunida 941 reysni bekor qildi

6 noyabr kuni Germaniyaning yirik Lufthansa aviatashuvchisi bort kuzatuvchilarining ish tashlashlari boshlangan va 11 noyabr kunida kompaniya 930ta reysni bekor qilgandi.

13 noyabr kunigacha davom etgan, "Bort kuzatuvchilarining mustaqil uyushmasi" (UFO) tomonidan o‘tkazilgan ish tashlashlarning so‘nggi kunida kompaniya yana 940ta reysni qoldirishga majbur bo‘ldi. Bu haqda AR xabar tarqatgan.

6 noyabr kunidan buyon davom etgan ish tashlashlar tufayli kompaniya xizmatidan foydalanayotgan 550 ming nafar yo‘lovchi jabr ko‘rdi. 13 noyabr kungi reyslarning bekor qilinishi oqibatida 110 ming kishi avvaldan sotib olgan aviachiptalaridan foydalana olmagan.

Biroz oldinroq, kompaniya 14 noyabr kunida parvozlar qayta yo‘lga qo‘yilishi haqida ma'lum qilgandi.

“Bortkuzatuvchilar mustaqil tashkiloti” kasaba uyushmasi (UFO) kompaniyaning barcha bortkuzatuvchilarini 11 noyabrdan 13 noyabrgacha ish tashlash o‘tkazishlariga chaqirgan. Kutilishicha, 13 noyabrda kasaba uyushmasi a'zolari avvalgi muvaffaqiyatsiz muzokaralardan keyin kompaniyaga pensiya ta'minoti bo‘yicha yangi takliflar bilan chiqadi.

Lufthansa’ning hisob-kitobiga ko‘ra kompaniyaga kuniga 10 mln yevro zararga aylanayotgan bortkuzatuvchilar ish tashlashi kompaniya ijrochi direktori Karsten Shporni Berlindan Myunxenga parvozlarni amalga oshirishda o‘zining asosiy raqobatchisi Air Berlin xizmatlaridan foydalanishga majbur qildi.

Top