"MYu" muxlislari: Marsyalning TsSKA darvozasiga urgan goli oktabrning eng yaxshi goli
"Manchester Yunayted" jamoasi muxlislari Antoni Marsyalning YeChL guruh o‘yinida TsSKA darvozasiga urgan golini oktabr oyida jamoa futbolchilari tomonidan urilgan eng chiroyli gol sifatida topishdi.
Fransiyalik futbolchi jamoa saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 49 foiz ovoz olgan.
Bu borada ikkinchi o‘rinni Ander Errera qo‘lga kiritgan ("Everton" darvozasiga urilgan gol, 37 foiz). Uchinchi o‘rin esa Runiga nasib etgan ("Everton" bilan o‘yindagi yana bir gol, 7 foiz).
Qayd etish kerakki, "qizil iblislar" jamoasi muxlislari yangi mavsum uchun "Monako"dan sotib olingan 19 yoshli futbolchini sentabr va oktabr oylarida eng yaxshi futbolchi sifatida tan olishgandi. Uning "Liverpul" jamoasi darvozasiga yo‘llagan goli esa muxlislar tomonidan "sentabr oyining eng yaxshi goli" sifatida tan olingan.