Jahon | 11:45 / 13.11.2015
2838
2 daqiqa o‘qiladi

Obama navbatdagi safari paytida 4 anjumanda ishtirok etadi va bir qator davlatlar yetakchilari bilan uchrashadi

AQSh prezidenti Barak Obama navbatdagi uzoq muddatli xalqaro safari paytida bir qator davlatlar yetakchilari bilan 8 ta ikki tomonlama va uchta ko‘p tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Oq uyda safaroldi matbuot anjumanida Obama yordamchilari Syuzan Rays va Ben Rods ma'lum qildilar.

14 noyabrda Obama Turkiya, Filippin va Malayziyaga xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketadi. Safar 22 noyabrgacha davom etadi. Turkiyada “katta yigirmatalik”, Filippinda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi va Malayziyada AQSh-ASeAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi) va Sharqiy Osiyo sammitlari bo‘lib o‘tadi.

Obama bu davlatlarga safari paytida ularning yetakchilari bilan uchrashadi. Obama safar chog‘ida Avstraliya va Kanadaning yangi bosh vazirlari bilan shaxsan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Obama Yaponiya, Singapur va Laos yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi mo‘ljallangan. Obama yordamchisi Rodsning aytishicha, Obama Laos keyingi yilda ASeAN va Sharqiy Osiyo sammitida raislik qilishi sababli ushbu mamlakat yetakchisi bilan uchrashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish