20:28 / 13.11.2015
2753

O‘zbekiston TIV Germaniyaning sobiq kansleri vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

13 noyabr, juma kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari Toshkentdagi Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bergan.

Elchixonada Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Shmidt vafoti munosabati bilan ochilgan hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan dalda va hamdardlik so‘zlari qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni 1974—1982 yillarda Germaniya kansleri bo‘lgan Gelmut Shmidt 96 yoshida vafot etgandi.

Top