09:39 / 13.11.2015
6815

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mish-mishlar uydirma bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonda Coca Cola ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi borasidagi mishmishlar uydirma bo‘lib chiqdi. Bu borada tarqalgan gap-so‘zlar Coca-Cola Bottlers Uzbekistan Ltd. kompaniyasi faoliyatining yakunlanishini bashorat qilayotgan edi.

Bu masalani aniqlashtirish uchun Review.uz xodimlari kompaniya mutasaddilariga murojaat qildi. Kompaniya direktori o‘rinbosari Rustam Raufovning so‘zlariga qaraganda, texnik nosozliklar tufayli Toshkentdagi faoliyat bir muddatga to‘xtatilgan.

16 noyabrdan boshlab ish yana yo‘lga qo‘yiladi.
U kompaniyaning zavodlarida ishlab chiqarish jarayonlarida uzilish kuzatilmayotganini ishonch bilan ta'kidladi.

Top