11:41 / 13.11.2015
22294

O‘zbekistonlik IShID jangarisi xalqaro qidiruvga berildi

Jizzax shahrida tug‘ilgan, IShID terrorchi guruhi saflariga qo‘shilib ketgan Hurshid Muxtorov O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari tomonidan xalqaro qidiruvga berildi.

12news.uz resursining tegishli organlar ma'lumotlariga tayanib yozishicha, 35 yoshli fuqaro ekstremistik propaganda ta'sirga tushib, 2008 yil boshida O‘zbekistonni tark etgan. Dastlab u Qozog‘istonda yashagan, so‘ng Turkiyada 6 yil turgan. 2014 yil yozida Muxtorov Suriyaga o‘tkazilgan va IShID saflariga qo‘shilgan.

Muxtorov jangarilar tomonida turib Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etgan, shuningdek, internet orqali O‘zbekistondagi konstitutsion tizimni ag‘darishga oshkora targ‘ib qilib kelgan.
“Ayni paytda u xalqaro qidiruvga berildi”, - deyiladi xabarnomada.

Top