Jahon | 14:18 / 13.11.2015
2560
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prokuraturasi muxolifat rahbarini oqlovchi hukmga apellyatsiya beradi

Qirg‘iziston prokuraturasi birinchi sud instansiyasi tomonidan muxolifat yetakchilaridan biri Ahmatbek Keldibekovga o‘qilgan oqlov hukmini qayta ko‘rib chiqishni so‘raydi. U respublika soliq xizmati va parlament spikeri bo‘lganida mansabni suiiste'mol qilganlikda ayblanmoqda.

Kecha Bishkekning Birinchi may sudi Jo‘qorg‘i Kengashning sobiq deputati, “Ata Jurt” muxolif partiyasi yetakchilaridan biri Keldibekov korruptsion sxemalar yaratishda aybsiz deb topilgan edi.

Shuningdek, sud Keldibekovning Ijtimoiy jamg‘armadagi korruptsion ishi yuzasidan eshitishlarni ham to‘xtatdi.
“Bosh prokuratura sudning ushbu qaroriga apellyatsiya berishga hamda davlat ayblovini oxirigacha qo‘llashga tayyor”, - dedi idora matbuot kotibi RIA Novosti agentligi bilan suhbat chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish