Jahon | 17:46 / 13.11.2015
2795
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston hukumati Misrga parvozlarni taqiqladi

Qozog‘iston hukumati Misrgasayyohlik parvozlarini cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qozog‘iston Sarmoyalar va taraqqiyot vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi sayyohlik operatorlarini yangi qaror to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Qozog‘iston Sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi prezidenti Asel Nurkebayeva ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

“Sayyohlik operatorlariga Fuqarolik aviatsiyasi qo‘mitasi tomonidan Misrdagi beqaror muhit sababli (Qozog‘istondan) parvozlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi telefonogrammalar yuborildi. Mazkur masala dushanba (9 noyabrda) kunidayoq muhokama qilingan edi. Masala Qozog‘iston fuqarolari xavfsizligiga borib taqaladi” , — dedi Nurkebayeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Misrga yo‘llanma sotib olgan sayyohlar Istanbul, BAA orqali boshqa yo‘nalishlar orqali yetkazilishi yoki (pullari) qaytib berilishi mumkin.

Mazkur qaror 2015 yilning 31 oktabr kuni Rossiyaning "Kogalimavia" aviakompaniyasiga tegishli Airbus-321 layneri parvozga ko‘tarilgandan 23 daqiqa o‘tib halokatga uchragani bilan bog‘liq mojarolar sababli qabul qilingan. Falokatda samolyot bortidagi 217 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a'zosining barchasi halok bo‘lgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish