Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi: Suriyada 4 mingdan ko‘proq odam o‘zini himoya qilish otryadlari safiga qo‘shildi
Suriyaning Lataqiya, Tartus, Xoms, Xama, Idlib va Damashq viloyatlarida 4 mingdan ko‘proq mahalliy aholi vakili o‘zini himoya qilish otryadlari safiga qo‘shildi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Lataqiya, Tartus, Xoms, Xama, Idlib va Damashq viloyatlarida mahalliy aholi faol tarzda o‘zini himoya qilish otryadlari safiga qo‘shilmoqda. Suriya bosh shtabi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ushbu otryadlar soni 4 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilmoqda”, deb aytdi Konashenkov.
Konashenkovning aytishicha, ko‘ngillilar aholi punktlarini terrorchilardan himoya qilish vazifalarini hal qilishga jalb qilinmoqda. Tinch aholining yordami hujum chizig‘i ortidagi muntazam qo‘shinlar bo‘linmalarini himoya qilish vazifalaridan ozod qilib, hujumni rivojlantirish uchun kerakli kuchlarni yaratishga imkon beradi.