Rossiyalik avtostopchilar Ostona shahridagi tunni issiq bekatda o‘tkazdilar
Yaqindagina Ostona shahrining markazida yo‘lovchilarning isinib turishi uchun issiq bekat qurildi. Shu kunlarda ushbu qurilma avtostop bilan sayohat qilayotgan ikki nafar rossiyalik talaba – Artyom Praskov va Valeriy Sushix ismli chitalik blogerlarni sovuqdan saqlab qoldi.
Yigitlar Rossiyaning ko‘pgina shaharlarida bo‘lishgan va Qozog‘istonga borishga qaror qilishdi. Yigitlar har bir borgan shaharlari haqida rolik suratga olib, uni YouTubedagi kanallarida joylashtiradilar.
Sayohatchilar jamoat transportida harakatlanadilar, ovqat va yotoqqa pul sarflamaydilar, ularni bepul ovqatlantirib, tunashga joy beradigan yaxshi insonlarni qidiradilar.
Yigitlar Ostonadagi birinchi tunni issiq bekatda o‘tkazdilar. Ular bu yerda isinib, bepul Wi-Fi’dan foydalana oldilar.
Bundan tashqari, Qozog‘iston poytaxtida avtostopchilarni ko‘p marta to‘yib ovqatlantirdilar va hattoki sochlarini ham bepulga olib qo‘ydilar.