Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Telegraph: Yaponiyada Ikkinchi Jahon urushi sababchilari sifatida ayblanganlar oqlanishi mumkin
Yaponiya hukumati Ikkinchi Jahon urushi vaqtida chiqarilgan hukmlarni ko‘rib chiqmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, Yaponiyadagilar Ikkinchi Jahon urushidan keyin harbiy tribunal tomonidan chiqarilgan hukmlarni tahlil qilishni rejalashtirishgan. Siyosatchilar urushdan keyin xalqaro ziddiyatlarni keltirib chiqarganlikda ayblanib, jazoga tortilgan 25 arbobning ishi bo‘yicha adolatli qaror chiqarilganini tekshirishmoqchi. Shu yilda hukumat tepasidagi Liberal-demokratik partiya maxsus komissiya tashkil qilib, komissiyaga o‘tmishdagi hukmlar nechog‘lik adolatli bo‘lganini tekshirish vazifasini yuklagan.
Qayd etilishicha, urushdan keyin jazolangan 25 nafar yuqori martabali amaldorning 6 nafari urush olovini yoqish va harbiy asirlarga noinsoniylik bilan munosabatda bo‘lganlik aybi qo‘yilgandi. Ularning orasida urush davrida Yaponiya bosh vaziri bo‘lgan Xideki Todzio va sobiq armiya vaziri Seysiro Itagaki nomlari bor.
"O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, o‘sha vaqtda sud adolatli qaror chiqarmagan. Bunday qaror o‘sha vaqtdagi xalqaro normalarga ham to‘g‘ri kelmas edi. Men Yaponiya Ikkinchi Jahon urushiga bosqinchilik harakatlari maqsadida qo‘shilgan, deb bilmayman", deyadi Tarixiy faktlarni tarqatish jamiyati rahbari Xiromichi Moteki.
Ko‘pchilik konservatorlar kabi Moteki ham Yaponiya Ikkinchi Jahon urushiga o‘zini tashqi xavflardan va iqtisodiy muammolardan himoya qilish uchun qo‘shilgan, degan fikrda.