Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti Turkmanistonga davlat tashrifi bilan boradi
2015 yilning dekabr oyida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Turkmaniston– Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston transmilliy gaz quvuri qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etish uchun Turkmanistonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda Khaama Press agentligi.
Taklifnoma 9 noyabr kuni Turmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbat jarayonida qabul qilib olingan.
Berdimuhamedov afg‘on hamkasbini 2015 yilning 13 dekabr kuni Turkmaniston– Afg‘oniston – Pokiston – Hindiston transmilliy gaz quvuri qurilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimga taklif qilgan.
Gaz quvurining umumiy uzunligi 1735 kilometr bo‘lib, uning 700 kilometri Afg‘oniston orqali o‘tadi. Mazkur loyiha ishga tushirilishi bilan yiliga 33 milliard kub metr gazni eksport qilish imkoni tug‘iladi. Loyihaning umumiy qiymati 30 milliard dollarni tashkil etib, AQSh, Osiyo taraqqiyot banki va “Turkmangaz” davlat konserni asosiy sarmoyadorlar hisoblanadi.