Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:09 / 14.11.2015
4401
1 daqiqa o‘qiladi
Angliyadagi «Uembli» stadioni uzra yongan chiroqlarda Fransiya bayrog‘i aks etmoqda
London shahridagi «Uembli» stadionida Parijdagi terakt qurbonlari xotirasi uchun Fransiya bayrog‘i ranglaridagi chiroqlar yoqildi. Bu haqda Futbol ahora nashri tvitteri xabar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, Parij terakti tufayli Angliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasida 17 noyabr kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish