14:48 / 14.11.2015
5715

Antuan Grizmanning singlisi "Batlakan" teatrida garovga olinganlar ichida bo‘lgan

Fransiya terma jamoasi va "Atletiko" jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanning singlisi 13 noyabr kuni Parijdagi "Bataklan" teatrida jangarilar tomonidan garovga olinganlar orasida bo‘lgan va keyinchalik maxsus xizmatlar tomonidan qutqarib olingan. Bu haqda futbolchi o‘z tvitterida ma'lum qildi.

"Xudoga shukrki, singlim u yerdan omon chiqdi. Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardman", deya yozgan u.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida qurbon bo‘lganlar soni 150 kishini tashkil etadi.

Top