Jamiyat | 13:28 / 14.11.2015
4633
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda tadbirkorlardan korrupsiyada aybdor mansabdorlar qo‘lga olindi

Buxoroda tadbirkorlardan korrupsiyada aybdor mansabdorlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Chunonchi, Qorovulbozor tumani DSI soliq tekshiruvlar sho‘'basi boshlig‘i Sh. Kamolov “Sarbon Sardoba lyuks” MChJning 2011-2014 yillar davomida amalga oshirgan faoliyatida soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish o‘tkazadi. Mansab mavqeidan foydalanishni xohlagan tekshiruvchi aniqlangan qonunbuzarliklarni tekshiruv bayonotida to‘liq aks ettirmaslik, bu bilan jamiyat raisi U. Oqiyevga nisbatan yengil jazo tayinlanishiga ko‘maklashish evaziga undan 1 100 dollarini pora tariqasida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlandi.

U Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, sud tomonidan 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan hamda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, DT “Xalq banki” Kogon filialining mansabdor shaxslari I. O‘roqov hamda T. Umarovlar “Mehriddin Xusen” fermer xo‘jaligiga 2014 yil davomida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g‘alla yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditning 22.754 mln so‘mining maqsadsiz sarflanishiga yo‘l qo‘yganliklari tufayli qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish